Toshkent moliya instituti Milliy reytingda “Top-10”talikda

Toshkent moliya instituti Milliy reytingda “Top-10”talikda

Bugun "InnoWeek-2023" innovatsion haftalik doirasida oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlarning 2022 yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalariga ko‘ra milliy reytingi eʼlon qilindi.

 

 

 

Quvonarlisi, Mazkur milliy reytingda Respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalari orasida Toshkent moliya instituti 10-o‘rinni egalladi.

 

 

Mazkur reytingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilk bor 98 ta oliy ta’lim muassasasi (76 ta OTM, 22 ta filial), 62 ta akademik litsey va 14 ta yuridik texnikumning 2022-yildagi faoliyat samaradorligi baholandi.

 

Reyting tahlil jarayonlari ta’lim muassasalari tomonidan belgilangan talablar bo‘yicha o‘z vaqtida taqdim qilingan ma’lumotlar asosida, ular faoliyatiga aralashmagan holda 4 ta yo‘nalishdagi baholash mezonlari, 20 ta indikator hamda ularni miqdor va vazn darajalarini inobatga oluvchi 31 ta ko‘rsatkich asosida tuzildi.

14:58 / 2023-10-19
Success helper
Success warning