Vakillarimiz "O‘zbek nashrlarini xalqaro axborot portallari va maʼlumotlar bazalariga kiritish istiqbollari va usullari" mavzusidagi Xalqaro ilmiy­-uslubiy seminarda ishtirok etishdi

Vakillarimiz "O‘zbek nashrlarini xalqaro axborot portallari va maʼlumotlar bazalariga kiritish istiqbollari va usullari" mavzusidagi Xalqaro ilmiy­-uslubiy seminarda ishtirok etishdi

Joriy yil 29 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “U-Press” kompaniyasi tomonidan "O‘zbek nashrlarini xalqaro axborot portallari va maʼlumotlar bazalariga kiritish istiqbollari va usullari" mavzusidagi Xalqaro ilmiy­-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Ilmiy-uslubiy seminarda institutimizning Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boshqarmasi mutaxassislari, "International Finance and Accounting", "Moliyaviy texnologiyalar" jurnallari bosh muharrirlari hamda institut axborot xizmati bo‘limi xodimlari ishtirok etishmoqda.

 

 

 

 

 

Mazkur seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad - milliy ilmiy nashrlarni xalqaro axborot mahsulotlari bozorida ommalashtirish va ishtirokchilarni elektron nashrlarni xalqaro va milliy axborot platformalari va maʼlumotlar bazalariga kiritish texnologiyalari va qoidalari bilan tanishtirish orqali ularning darajasini oshirishdan iborat.

17:47 / 2023-08-29
Success helper
Success warning