"Research Methods” mavzusida seminar-trening tashkil etildi
Joriy yilning 2-fevralda Toshkent moliya instituti, Ilmiy -tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan doktorantlar, tayanch doktorantlari uchun Manash University of Malaysia professori Norita Mohd Nasir, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi PhD dotsenti Xalilov Sherzod Axmadovich tomonidan “Research Methods” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad, doktorantlarning dissertatsiya ishlari doirasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, tajribalar o‘tkazib, olingan natijalarga ishlov berish va tahlil qilish hamda kamchiliklarni bartaraf etgan holda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish va himoyaga tayyorlashda yordam berishga mo‘ljallangan.