SEMINAR TREYNING

SEMINAR TREYNING

2021-yil 26-noyabr kuni Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi kafedrasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani bo’yicha G’aznachilik bo’linmasi boshlig’i Sh.Normurodov ishtirokida “Davlat byudjeti daromad va xarajatlarini boshqarishda g’aznachilikning o’rni” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningda professor-o’qituvchilar bilan birga “Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti “Davlat byudjetining g’azna ijrosi” ta’lim yo’nalishi 3 kurs talabalari faol ishtirok etdilar.

Seminar-trening yakunida professor-o’qituvchilar va talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

10:41 / 2021-11-29
Success helper
Success warning