“Bо‘lajak soliqchilar klubi”
2019-yil 11-oktabr kuni Soliqlar va sug‘urta fakultetining 2-kurs “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yо‘nalishi talabalarini davlat soliq xizmatlari organlarida tashkil etilgan “Bо‘lajak soliqchilar klubi”ga a’zolikka qabul qilish yuzasidan uchrashuv bо‘lib о‘tdi. Unda Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi “Kadrlar bilan ishlash bо‘limi” inspektori X.Ostanaqulov, Yunusobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi “Kadrlar bilan ishlash” shо‘basi boshlig‘i F.Saidxodjayevalar ishtirok etib, talabalarga klubning maqsadi va vazifalari, klub faoliyatiga doir barcha masalalarni batafsil tushuntirib berdilar.
Ma’lumot о‘rnida, “Bо‘lajak soliqchilar klubi” soliq sohasidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida davlat soliq xizmati organlari bilan oliy ta’lim muassasalari hamkorligini samarali yо‘lga qо‘yish va mustahkamlash uchun tashkil etilgan.