“Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan o’tkazilgan sport tadbiri

“Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan o’tkazilgan sport tadbiri

     2020-yil 15-yanvar kuni “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan kafedra xaftaliklari doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko’tarilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus asosida Bank ishi fakultetining KBI-72 guruh talaba yigitlari o’rtasida sportning “Shashka-shaxmat” turi bo’yicha “Mard o’g’lonlar” tanlovi bo’lib o’tdi.

 

     Tadbirda institut murabbiylar Kengashining raisi U.Radjabov, fakultet Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari S.Djumanov, o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari D.Sholdorov, “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi pedogog xodimlari ishtirok etdilar.

 

     Tanlov 3 bosqichda bo’lib o’tdi va shaxmat-shashka bo’yicha mohir talabalar faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Tadbir juda ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

 

 

17:05 / 2020-01-17
Success helper
Success warning