MKT(BI)-90 guruhida “Sumalak sayli”

MKT(BI)-90 guruhida “Sumalak sayli”

Navroʻz xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanadi. Bunda dasturxonlar noz-ne’matlarga toʻlib toshadi, deyarli har bir oʻzbek xonadonida doshqozonlarda sumalak qaynaydi.

16.03.2019 kuni Menejment fakulteti MKT(BI)-90 guruh talabalari ham guruh murabbiyi dots. Gʻaniyev Sh. bilan birgalikda “Sumalak sayli”ni oʻtkazdilar. Bayram shukuhi barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻshida etdi. Doshqozonda sumalak qaynab turgan bir paytda, barcha tinchligimiz va mustaqilligimiz abadiy boʻlsin deya, dasturxonlarimiz qut barakaga toʻlsin deb  ezgu tilaklarini Yaratgandan soʻradilar.

 

15:34 / 2021-01-06
Success helper
Success warning