Chexiya Respublikasining yetakchi oliy taʼlim muassasalariga tashrif

Chexiya Respublikasining yetakchi oliy taʼlim muassasalariga tashrif


Toshkent moliya instituti rahbar va pedagog xodimlaridan iborat jamoa tajriba almashish hamda malaka oshirish maqsadida Chexiya Respublikasining yetakchi oliy taʼlim muassasalariga tashrif buyurishdi. 





Dunyo reytingida TOP-200 talikka kiruvchi Chexiya Karlov universiteti, shuningdek European Institute of Appliyed Ssiyense and Management,  Češka zemědělska univerzita v Praze ga tashriflar chog‘ida Yevropa Oliy talim muassalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish, PhD ilmiy darajasini olish, Xalqaro indekslanuvchi ilmiy nashrlarda ilmiy maqolalar nashr ettirish, kredit-modul tizimi asosida ta'lim jarayonini tashkil etishning muhim jihatlari va shartlari xususida fikr almashildi. 





Shuningdek, Chexiya yetakchi oliy ta'lim muassasalarining yuqori tajribali professorlari PhD, Professor Mansoor Maitah, PhD Sherzod Tashpulatovlar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

Tashrif davomida Toshkent moliya instituti pedagog xodimlari tomonidan ham o‘z kasbiy mahoratlarini namoyish etish maqsadida mahorat darslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
 

20:33 / 2022-06-23
Success helper
Success warning