“Davlat soliq siyosatining transformatsiyasi imkoniyatlari va samaradorligining istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi

“Davlat soliq siyosatining transformatsiyasi imkoniyatlari va samaradorligining istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi

Raqamli iqtisodiyotning elementlari tizimli ravishda kirib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlarida soliq idoralari transformatsiyasi jarayonlarini jadallashtirish, tizimni tadbirkorlik subyektlariga koʻmak beradigan sohaga aylantirish, toʻliq raqamlashtirish orqali ishbilarmonlarga koʻmak berish imkoniyatlarini oshirish, soliq munosabatlarida inson omili ishtirokini cheklash, “Soliqchi koʻmakchi” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlariga zarur yordamlar koʻrsatish obyektiv zarurat ekanligini davrni oʻzi taqozo etmoqda.

 

Mamlakatimiz soliq siyosati transformatsiyasi jarayonlarini jadallashtirish maqsadida joriy yilning 26-aprel kuni Toshkent moliya institutida “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi tashabbusi bilan “Davlat soliq siyosatining transformatsiyasi imkoniyatlari va samaradorligining istiqbollari” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman natijaviyligi bilan ahamiyatli boʻldi.

 

 

 

 

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, Monash Universiteti (Malayziya), Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti hamda mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari, amaliyotchi mutaxassislar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

Anjumanda davlat soliq siyosati transformatsiyasi imkoniyatlari va samaradorligining istiqbollariga taʼsir qiluvchi omillar, soliq qonunchiligining bugungi holati, soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlari iqtisodiy salohiyatini oshirish kabi muammolarning ilmiy-amaliy yechimlari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Anjuman yakunida dolzarb mavzuda oʻz maqola va tezislari bilan ishtirok etgan anjuman ishtirokchilari sertifikat bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

17:22 / 2023-04-26
Success helper
Success warning