Sug‘urta kompaniyasiga sayohat va seminar-trening

Sug‘urta kompaniyasiga sayohat va seminar-trening

2023-yil 4-may kuni “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining tashabbusi bilan “Temir-yo‘l sug‘urta” kompaniyasida Soliqlar va sug‘urta fakulteti, 3-kurs SS-30 guruhi talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi.

 

 

Seminar-trening oldidan talaba-yoshlar uchun, bevosita, kompaniyaning tegishli departament, boshqarma va bo‘limlari ish jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida sayohat uyushtirildi.

 

 

Bunda kompaniya mas’ul xodimlari talaba-yoshlarga har bir tuzilma oldida turgan vazifalar, mehnat faoliyatini tashkil etilishi xususida atroflicha ma’lumot berdilar.

 

 

“Temir-yo‘l sug‘urta” kompaniyasining Majburiy sug‘urta departamenti bosh menejeri O.A.Djamirzaev talaba-yoshlarga kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari to‘g‘risida taqdimot shaklida ma’ruza qildi. Taqdimot talabalarda katta qiziqish bilan kutib olindi.

 

 

Seminar-treningda “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining dotsentlari Sh.Zakirxodjaeva va N.Yakubova ishtirok etdilar.

 

Seminar-trening yakunida “Temir-yo‘l sug‘urta” kompaniyasi Toshkent moliya instituti talabalarini malakaviy amaliyot o‘tash va eng muhimi, ishga qabul qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

 

“Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi 2023-yilda ta’lim sifatini oshirish siyosatida belgilangan vazifalarni og‘ishmay amalga oshirish maqsadida boshqa hamkor sug‘urta kompaniyalarida ham sayyor o‘quv mashg‘ulotlari, seminar-treninglar tashkil etish ishlarini davom ettiradi.

08:14 / 2023-05-05
Success helper
Success warning