TMI talabasi xalqaro tanlovining 2-darajali diplomi bilan taqdirlandi

TMI talabasi xalqaro tanlovining 2-darajali diplomi bilan taqdirlandi

Toshkent moliya instituti Magistratura bo‘limi “Davlat moliyasi va xalqaro moliya” mutaxassisligi magistranti  Azimjonova Malika Shavkat qizi 25-noyabrda TDIUning 90 yilligiga bag‘ishlangan  “Raqamli iqtisodiyot: pandemiya sharoitida yangi haqiqatdagi barqaror rivojlanish” mavzusidagi yosh olimlar va talabalarning ilmiy maqolalari xalqaro tanlovida “Moliya” kafedrasi professori N.E.Jiyanova rahbarligida ilmiy maqolasi bilan muvaffaqiyatli qatnashdi. 

Tanlovning barcha ilmiy maqolalar orasida 2-faxrli o‘rinni egalladi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2-darajali diplomi hamda mukofotlar bilan taqdirlandi.

Ushbu tanlovda Qirg‘iziston iqtisodiyot universiteti (Bishkek sh.),  Nijnegorod davlat muhandislik iqtisodiyot  universiteti (Rossiya), Indoneziya ta'lim universiteti (Bandung sh.), TDIU va Ural DIU prorektorlari va professorlari hay'at a'zolari sifatida qatnashdilar va ilmiy maqolalarda aniqlangan muammolar hamda yechimlarga baho berdilar.

TMI matbuot xizmati

14:04 / 2021-11-26
Success helper
Success warning