Toshkent moliya institutida 2019-yil 28-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, valyuta siyosatini yanada liberallashtirish hamda elektron xizmatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzsida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiya ishini institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor J.I.Karimqulov kirish so‘zi bilan ochdi. Konferensiya yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki departamenti boshqarma boshlig‘i F.M.Botirov, O‘zbekiston respublika valyuta birjasi Bosh direktori R.R.Usmanov, AT “Xalq banki” departament direktori S.S.Bo‘stonov, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi kafedra mudiri F.O‘.Dodiyev, “Bank ishi” kafedrasi professori T.I.Bobaqulov va “Bank ishi” kafedrasi mudiri professor A.A.Omonovlarning ma’ruzalari tinglandi. Konferensiya ishida turdosh oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, tijorat banklarining mutaxassislari va talabalar ishtirok etdilar.

Konferensiya ishida mamlakatimiz bank tizimi barqarorligini ta’minlash va xizmatlar ommabopligini oshirish yuzasidan qator amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Xususan, bank tizimi aktivlari, kreditlari va kapitali hajmini mamlakat YaIMga nisbatan barqaror o‘sishini ta’minlash, banklar kapitali tarkibida davlat ulushini keskin kamaytirish, banklarning aktivlari tarkibida yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar hajmini kengaytirish, banklar faoliyatida vujudga kelayotgan transformatsion risk darajasini pasaytirish kabi tavsiyalar shular jumlasmidandir.

20:39 / 2019-03-30
Success helper
Success warning