“Xo’jalik subyektlarning moliyaviy resurslarini boshqarishda innovatsion yondoshuvlar” mavzusidagi videokonferensiya
2019-yil 2-noyabr kuni Toshkent moliya instituti Iqtisodiyot kafedrasi Ural Davlat iqtisodiyot universtiteti “Moliyaviy menejment” kafedrasi bilan hamkorlikda “Xo’jalik subyektlarning moliyaviy resurslarini boshqarishda innovatsion yondoshuvlar” mavzusidagi xalqaro oliygohlararo ilmiy-amaliy videokonferensiya o’tkazildi. Kirish so’zi bilan Ural Davlat Iqtisodiyot Universiteti (Rossiya) Moliyaviy menejment kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent Zakirova Elina Rafikovna va Toshkent moliya instituti Iqtisodiyot kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent Asatullaev Xurshid Sunnatullaevichlar chiqishdi. Konferentsiya davomida innovatsion moliyaviy texnologiyalar rivojlanishi va risklarni boshqarishda zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish masalalari muhokama etildi. Videokonferensiya moderatorlari sifatida TMI “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Kasimova Nargiza Sabitdjanovna hamda URDIU “Moliyaviy menejment” mutaxassisligi magistranti Shaposhnikova Elizaveta Sergeevna ishtirok etdilar.
|