Inha universiteti professori tomonidan ochiq ma’ruza o‘tkazildi
“Guest Lecturer" dasturi asosida koreyalik iqtisodchi, moliya va savdo ( Finance and trade) bo‘yicha Londonda doktorlik darajasini olgan, Inha Universiteti professori Keun Jung Lee tomonidan "The Investment attractiveness and Financial risk in Central Asia" mavzusida ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruzada Markaziy Osiyo mintaqasida investitsion muhitni oshirish, sarmoyaning jalb qilish yo‘llari va moliyaviy risklarni baholash haqida gapirib o‘tildi. Ma’ruza davomida talabalar tomonidan savollar berilib, professor tomonidan atroflicha javob berildi.