Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining Toshkent moliya institutiga tashrifi.

Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining Toshkent moliya institutiga tashrifi.

    Kuni kecha Toshkent moliya institutiga Xalqaro valyuta fondining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo departamenti direktori o‘rinbosari Juha Kаhkonen hamda soha ekspertlari tashrif buyurdilar. Institut hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamkorligida tashkillashtirilgan ushbu tashrif davomida Xalqaro valyuta fondining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo departamenti direktori o‘rinbosari Juha Kаhkonenning “Xalqaro valyuta fondining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy iqtisodiy sharhi” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

 

    Ma’ruzachi tomonidan Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlarining makroiqtisodiy barqarorligi ko‘rsatkichlari, iqtisodiy o‘sish suratlari, budjet, soliq hamda monetar siyosati holati tahlillari shuningdek, ular bo‘yicha Xalqaro valyuta fondining prognozlari, tavsiyalari taqdimot materiallari asosida sharhlab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari, institut talabalari, doktorantlari ishtirokidagi ma’ruza yakunida  tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qildilar va tegishli javoblar hamda zaruriy foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

 

16:30 / 2019-11-15
Success helper
Success warning