Institut vakillari xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga qaratilgan tadbirda ishtirok etishdi
Bugun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida Buyuk Britaniya va O‘zbekiston OTMlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida bir qator nufuzli ingliz OTMlari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A.Islamkulov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi jamoasi ishtirok etishdi. Dastlab, Buyuk Britaniya OTMlarining taqdimotlari ishtirokchilariga havola qilindi, so‘ngra ikki mamlakat OTMlari o‘rtasida o‘zaro tanishuv (“B2B”) uchrashuvlari (forum) o‘tkaziladi.
Tanishuv uchrashuvlarida, institut vakillari Buyuk Britaniyaning nufuzli OTMlari hisoblanmish Suonsi universiteti (Swansea University), Janubiy Uels universiteti (University of South Wales), Vulverxempton universiteti (University of Wolverhampton) va Birmingham shahri universiteti (Birmingham city University) bilan ikki oliy ta’lim muassasalar o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yish va buning imkoniyatlari, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa tegishli sohalarda manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.