QOZON INNOVATSION UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

QOZON INNOVATSION UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA ETILDI


Toshkent moliya instituti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kelgusida rivojlantirish maqsadida Qozon innovatsion universiteti rektori A.Timiryasova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.



Xorijiy universitet vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv muhokamalari Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabaev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Mexmonov  va xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimlari tomonidan olib borildi.



Muhokamalarda ikki tomonlama o‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, ilmiy-tadqiqot sohasida xalqaro nufuzli jurnallarda maqolalar chop etish yuzasidan fikrlar almashildi.





Uchrashuv yakunida Toshkent moliya institutining ilmiy-tadqiqot sohasidagi erishgan yutuqlari va orttirgan ilg‘or tajribalari asosida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.


 

12:38 / 2022-06-17
Success helper
Success warning