Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi

 

Joriy yilning 12-aprel kuni Toshkent moliya institutida “Audit” kafedrasi tashabbusi bilan “Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi, tahlil va auditni rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.





Unda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston buxgalter va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Auditorlar palatasi vakillari, Shimoliy-sharqiy Illinoys universiteti, Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti, Polotsk davlat universiteti, Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti hamda mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari va amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etdi.




















Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda mamlakatimizda buxgalteriya hisobi, tahlil va audit sohalarida olib borilayotgan islohotlar, amaliyotda mavjud muammolar va ularning ilmiy asoslangan taklif etilgan yechimlari muhokama qilindi.

Shuningdek, buxgalteriya hisobi, audit kasbiga yosh mutaxassislarni jalb qilish, doimiy malakasini oshirib borish va mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlarni yetkazib berishda ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobot va auditning xalqaro standartlarini hamda mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini joriy etish masalalari haqida ham anjumat ishtirokchilari tomonidan fikr almashildi. 









Anjuman yakunida dolzarb mavzuda oʻz maqola va tezislari bilan ishtirok etgan professor-oʻqituvchilar, amaliyotchi mutaxassislar va ilmiy tadqiqotchilar sertifikat bilan taqdirlandi, shuningdek, anjuman ishtirokchilari tomonidan mazkur turdagi tadbirlarni davomli tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi.

 

 










 

21:16 / 2023-04-12
Success helper
Success warning