Institut professor-o’qituvchi va xodimlari Chexiya Respublikasida malaka oshirmoqda
Ayni kunlarda institutning bir guruh professor-o’qituvchilar hamda xodimlari Chexiya Respublikasi Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.
7-avgust kuni Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti prorektori prof. Petr Hajek “Chexiya ta’lim tizimi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza jarayoni bevosita savol-javob tarzida qiziqarli va amaliy misollarga boy bo’ldi.