Ta'limning amaliy ahamiyati va sifatini oshirish bo'yicha xorijlik professordan master-klass
Institutning “Bank ishi” kafedrasi tashabbusi bilan 2023-yil 7-iyun kuni AQSHning Boston shahridagi Suffolk universiteti kafedra mudiri va professori Karlos Rufin tomonidan “Cases and experiential learning in modern education” mavzusida master-klass tashkil etildi.
Master klassda Bank ishi fakulteti mas'ullari, “Bank ishi” va “Bank hisobi va audit” kafedrasi professor-o'qituvchilar hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Professor Karlos Rufin ma'ruza jarayonida, keyingi yillarda AQSH va Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida talabalarga ta'lim berish jarayonida yuz berayotgan o'zgarishlar, uning sifati va amaliy ahamiyatini oshirishdagi dolzarb masalalar bo'yicha atroflicha to'xtalib o'tdi.
Xususan, keys stadiyalar va muammoli loyihlar, ularni tayyorlash, tarkibi va ularga qo'yilgan talablar hamda talablarning bilimiga ta'siri haqida yig'ilish ishtirokchilariga so'zlab berdi. Shuningdek, ushbu keys stadiyalar va amaliy loyihalarni qo'llash bo'yicha master-klass ishtirokchilari tomonidan bergan qator savollarga javob berdi hamda o'zining tajribalari bilan o'rtoqlashdi.