Yashil makon ezgu amallar namoyishi

Yashil makon ezgu amallar namoyishi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi shahar va qishloqlarimizni yashil maydonga aylantirish, go‘zal bog‘-rog‘lar yaratish imkonini beradi.

Mazkur tashabbusni amalda qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent moliya instituti hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi hamkorligida institutimizning “Yoshlik” talabalar shaharchasida joylashgan 2-sonli talabalar turar joyi hovlisida “Yashillikka burkansin olam” shiori ostida mevali va manzarali daraxtlar ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xayrli tadbirda institut rektori T.Teshabayev, Ekopartiya rais o‘rinbosari S.Sanginov, institut professor-o‘qituvchilari, partiya faollari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.









 

12:46 / 2021-11-25
Success helper
Success warning