Yaxshi kishi koʻrmagʻay yomonligʻ hargiz…

Yaxshi kishi koʻrmagʻay yomonligʻ hargiz…

“Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi tomonidan 2023-yilning 15-fevral sanasida “Kafedra haftaligi” doirasida Zahiriddin Muhammad Bobur  tavalludiga atab uchrashuv tashkil etildi. Tadbirga mehmon sifatida O’zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shavkat Odiljon tashrif buyurdi.

 

 

Yaxshi kishi koʻrmagʻay yomonligʻ hargiz,

Har kimki yamon boʻlsa, jazo topqusidur

 

Zahiriddin Boburning yuqoridagi dono soʻzlari mavzuning epigrifi sifatida tanlab olindi. Tadbir mexmoni Boburning davlatdorlik faoliyatida adolat va qonuniy jamiyatga doir tadbirlari xususida to’xtaldi. Bobur nazdida haq va nohaqni ajratish, gunohkor, zolimni jazolash, mazlum odamni himoya qilish mamlakat osoyishtaligi hamda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik omili ekanligi yig’ilganlarga tushuntirildi.

Tadbir so’ngida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan savollarga eng ko’p va birinchilardan bo’lib javob bergan talabalar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

13:25 / 2023-02-16
Success helper
Success warning