YENGIL ATLETIKA turi bo’yicha talaba-yoshlar o’rtasida “REKTOR KUBOGI” musobaqasi yuqori saviada o’tkazildi

YENGIL ATLETIKA turi bo’yicha talaba-yoshlar o’rtasida “REKTOR KUBOGI” musobaqasi yuqori saviada o’tkazildi

 

2023-yil 28-aprel kuni Toshkent moliya instituti “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-o’qituvchilari, “Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo’limi hamda “Moliyachi” sport klubi bilan institutning sport majmuasida “Sport-sog’lik garovi” shiori ostida sportning "Yengil atletika" turi bo’yicha talaba-yoshlar o’rtasida “REKTOR KUBOGI” musobaqasi yuqori saviyada o’tkazildi.











Ushbu musobaqada barcha fakultet talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. Sovrinli o’rinni egallagan talaba-yoshlar “Moliyachi” sport klubi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

 

 

 Yigitlar 200m:
 

1-o’rinni  Ochilov Bexruz “Moliya” fakulteti talabasi;

 2-o’rinni Abdumalikov Shuhrat “Moliya” fakulteti talabasi;

 3-o’rinni Amrilloev Aslon “Moliya” fakulteti talabasi egalladi

 

Qizlar 100m:
 

1-o’rin Allaeva Aminaxon “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti talabasi

2-o’rin Chanisheva Zarina “Iqtisodiyot” fakulteti talabasi

3-o’rin Niyazova Mubina “Iqtisodiyot” fakulteti talabasi

 

Estafeta 4x100m:
 

1-o’rin “Bank ishi” fakulteti jamoasi

2-o’rin “Iqtisodiyot” fakulteti jamoasi

3-o’rin “Moliya” fakulteti jamoasi

 







13:49 / 2023-04-29
Success helper
Success warning