"Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

"Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Kuz – qish mavsumi eshik qoqib kirib kelishi bilan tabiiy va texnogen tusdagi ofatlarni xavsizligini taʻminlash yanada dolzarb masalaga aylanadi. Ayni ushbu masalalarga keng jamoatchilikni eʻtiborini qaratish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida mamlakatimizda joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar “Yongʻin xavfsizligi oyligi” uyushqoqlik bilan oʻtkazilishi eʻlon qilindi

 

Shu munosabat bilan joriy yilning 9-dekabr kuni Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikdaToshkent moliya institutining Olmazor tumanida joylashgan 1- va 2-sonli Talabalalar turar joylarida  “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida davra suhbati tashkil etildi.

 

Tadbirda institutning Fuqaro va mehnat muhofazasi boʻlimi, Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Talabalar turar joylarining masʻul xodimlari hamda talabalar ishitirok etdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan yongʻinlar va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, texnika xavfsizligi qoidalari, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish, yongʻin sodir boʻlganda harakatlanish tartib-qoidalari, fuqarolarning hayoti va sogʻligiga jiddiy xavf solib kelayotgan iz gazidan zaharlanish va uning salbiy oqibatlari, shuningdek, kattalarning eʻtiborsizligi natijasida yosh bolalarni uyda nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yongʻinlar va turli koʻngilsiz hodisalarni oldini olish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

Tadbir soʻngida maʻruzachilar tomonidan ishitrokchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

19:12 / 2022-12-09
Success helper
Success warning