Rektor stipendiantlari
Rektor stipendiantlari

 

 

 

     Amanullaeva Yulduz 2001 yil 05 Mayda Jizzax viloyati G’allaorol tumanida tavallud topgan. U 2019 yildan buyon Toshkent moliya instituti “Moliya” fakultetining MM-03 guruhida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olib kelmoqda.

      Shu kungacha 7 ta ilmiy maqola shundan 5 ta xorijiy ilmiy jurnallarda (1 та SCOPUS Indexed Journal), 50 ta tezis va 1 ta monografiyasi xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy - amaliy konferensiya hamda jurnallarda nashr etilgan. Talaba Moliya kafedrasi “Yosh moliyachi” ilmiy to‘garagi faol a’zosi va tashkiliy ishlar ishtirokchisi. Bugungi kunda  O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning moliyaviy masalalari borasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Amanullaeva Yulduz til bilish darajasi bo‘yicha xalqaro IELTS sertifikatiga ega. Shuningdek, u 03-2020041539 - “O’zbekistonda sug’urta bozorini rivojlantirish va aqlli sug’urta texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi respublika olima ayollar fundamental loyihasi a’zosi hisoblanadi.  Bundan tashqari institut miqyosida tashkil etilgan fan olimpiadalari xususan Pul va banklar fani doirasida o’tkazilgan olimpiadasida faol ishtirok etib faxrli o‘rinni egallagan.

 

 

       Abduqaxorov Bekzod 2001-yil 28-noyabrda Toshkent viloyati Qibray tumanida tavallud topgan. U 2019 yildan buyon Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va g‘aznachilik” fakultetining BBI-50 guruhida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olib kelmoqda.  Shu kungacha 3 ta ilmiy maqola, 7 ta tezis va 1 ta monografiyasi xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy - amaliy konferensiya hamda jurnallarda nashr etilgan.

      Talaba Baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi “Yosh baholovchi” va “Yosh investor” ilmiy to‘garklari faol a’zosi va tashkiliy ishlar ishtirokchisi. Bugungi kunda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot sharoitida maxsus iqtisodiy zonalar omilini rivojlantirish borasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Abduqaxorov Bekzod til bilish darajasi bo‘yicha milliy CEFR sertifikatiga ega. Bundan tashqari instituti miqyosida tashkil etilgan fan olimpiadalari xususan Ekonometrika fanining “Eng yaxshi ekonometrik model” nomli olimpiadasida faol ishtirok etib faxrli o‘rinni egallagan.

 

 

      Hamroxujaeva Sitorabonu Temur qizi 2002-yil 18-oktabrda Latviya Respublikasining Riga shahrida diplomat oilasida tug‘ilgan.

       2020-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyni tamomlab, Toshkent moliya institutiga o‘qishga kirdi. Hozir bank ishi fakulteti 2-kurs talabasi.

      Institutda tahsil olish bilan birga turli tanlovlar, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar, seminarlarda ishtirok etib, xorijiy platformalarda bilimini kengaytirmoqda. Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki instituti, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Buyuk Britaniyadagi Ochiq universitet va boshqalar tomonidan tashkil etilgan kurslarni tamomlagan. “Xalqaro munosabatlar va mintaqashunoslikning dolzarb muammolari” Butunrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasida chet ellik yosh tadqiqotchi sifatida ma’ruza qildi va ishtirok etish sertifikatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, “EduOn ta’lim granti” Respublika tanlovi g‘olibi, shuningdek, institut bosqichida o‘tkazilgan “Yil talabasi-2021” tanlovida “Eng bilimdon talaba” nominatsiyasida 2-o‘rinni egalladi.

       Hamroxujaeva Sitorabonuning 10 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari respublika va xalqaro jurnallarda, ilmiy-amaliy anjumanlar materiallari to‘plamlarida chop etilgan. U o‘z asarlarida O‘zbekistondagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va inflyatsiya mexanizmlarini o‘rganib, ularni jahon mamlakatlari bilan taqqoslaydi. Shuningdek, muqobil moliyalashtirishni rivojlantirishga, jumladan, mamlakatimizda islom bankingi elementlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

 

     Shodiboyeva Dilzoda Farhodjon qizi 1993-yil 11- sentyabrda Farg’ona viloyatida tavallud topgan. 2014 yil Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” fakultetini tamomlagan.Hozirgi kunda Toshkent moliya instituti “ Investitsiyalarni boshqarish (sohalar bo’yicha)” mutaxassisligi 2 – bosqich magistranti.

     Shu kungacha 4 ta ilmiy maqola, 10 ta tezis va 1 ta monografiyasi xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy - amaliy konferensiya hamda jurnallarda nashr etilgan. Bugungi kunda  Investitsiya loyihalarini loyihaviy moliyalashtirish xorij tajribasi mavzusida  ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi qo'mitasi rasmiy diplomatik korpusida tashkil etilgan “International diplomats in Uzbekistan II session” forumi qatnashchisi, Baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi “Yosh baholovchi” va “Yosh investor” ilmiy to‘garaklari faol a’zosi va tashkiliy ishlar ishtirokchisi.

 

 

      Samandar Raimberdiyev 2001-yil 31-mayda Sirdaryo viloyatida tug'ilgan. U 2019-yilda Toshkent moliya institutiga to'lov shartnoma asosida qabul qilingan va hozirda "Iqtisodiyot" fakultetining IX-50 guruhida tahsil  olmoqda. Shu kungacha 3ta ilmiy maqolasi xalqaro jurnallarda chop etilgan, 6 ta tezisi bilan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etgan va ehm dasturlari uchun  3 ta mualliflik guvohnomasini qo'lga kiritgan.

   S.Raimberdiyev 2021-yil 3-iyunda Statistika fanidan o'tkazilgan olimpiadaning Respublika bosqichida 1-o'rinni qo'lga kiritgan. Bundan tashqari til bilish darajasi bo'yicha IELTS va Topik sertifikatlariga ega.

 

 

      Qilichev Jonpo`lat Mo`min o`g`li 1999-yil 6-aprel kuni Samarqand viloyati Narpay tumani tavallud topgan.  U 2018-yildan hozirgi kungacha Toshkent moliya instituti Soliqlar va sug'urta fakulteti, ST-61 guruh talabasi. Institutga kirganidan boshlab fakultetning eng faol talabalaridan bo‘lib kelmoqda. Jumladan, 2019-2020 o‘quv yilidan to hozirgi kunga qadar Soliqlar va sug'urta fakulteti Talabalar kengashi prezidenti, Toshkent moliya institutiga qarashli 2-sonli talabalar turar joyida talabalar yetakchisi hamda boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari 2 ta ilmiy maqola va 10 dan ortiq tezislar muallifi hisoblabadi.  Institutdagi o‘z faoliyati davomida bir qancha tadbirlarda faol ishtirok etdim va ularni tashkillashtirishda ham tashabbus ko‘rsatib kelmoqda.

Success helper
Success warning