KAFEDRA O‘QUV JARAYONI
KAFEDRA O‘QUV JARAYONI

Kafedra o‘z faoliyati davomida respublikamiz auditorlik faoliyati sohasi uchun yetuk mutaxassislarni, shuningdek, o‘z sohasini o‘zlashtirgan mutaxassis iqtisodchi olimlarni tayyorlab kelmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan hozirgi kunda bakalavriatda va magistraturada 9 ta fandan dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ushbu fanlardan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va ishchi dasturlar, o‘quv-uslubiy majmualar va boshqa turdagi uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan.

Kafedraning asosiy shtatda 17 ta professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari I.N.Qo’ziyev, A.Z.Avloqulov, Sh.N. Fayziyev,  S.X. Yuldasheva, M.I. Xayitboyev, I.I. Meliyev, N.Sh. Abdiyeva, M.S. Hojiyev va boshqalar talabalarga ta’lim berib kelmoqda.

Success helper
Success warning