“Iqtisodiy tahlil” kafedrasi “Buxgalteriya hisobi va audit” fakultetining tarkibiy bo’linmasi hisoblanib, institut rektorining 2014 yil 7 noyabrdagi 381-sonli buyrug’iga asosan tashkil etilgan.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yil 2 avgustda tasdiqlangan Toshkent moliya instituti tarkibiy tuzilmasiga ko’ra, “Audit” va “Moliyaviy tahlil” kafedralari birlashtirilib, “Audit va iqtisodiy tahlil” deb nomlanib, 2019-2020 o’quv yilida faoliyat yuritgan.
2020/2021 o’quv yilida institutning qabul kvotasiga muvofiq, “Biznes tahlil” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadr tayyorlovchi kafedra sifatida “Iqtisodiy tahlil” kafedrasini qayta tashkil etish taklifiga asosan, “Audit va iqtisodiy tahlil” kafedralari Toshkent moliya instituti Ilmiy Kengashining 2020 yil 26 avgustdagi 8-sonli qarori bilan alohida ajratilib “IQTISODIY TAHLIL” kafedrasi qaytadan tashkil etilgan.
Hozirda iqtisodiy fanlar nomzodi, professor Sagdillayeva Zulfiya Asanaliyevna kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.