Ro'ziyev Komiljon Shuhrat o'g'li Toshkent Moliya Instituti "Bank ishi" fakulteti, "Bank ishi" bakalavriat ta'lim yo'nalishining BI-10 guruhida tahsil oladi.
Hozirgi kunga qadar talabaning 20 dan ortiq maqola va tezislari turli xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnal va konferensiya to'plamlarida chop etilgan. Shu bilan bir qatorda, 2-bosqich o'qish davrida talaba "Bank ishi" faniga alohida qiziqish uyg'otib, fan bo'yicha respublika olimpiadasida 2-o'rinni qo'lga kiritdi.
U O'zbekiston Respublikasi "Dubai Future Foundation" bilan hamkorlikda amalga oshirib kelayotgan "One Million Uzbek Coders" loyihasida Data Analyst yo'nalishi bo'yicha grant sohibi. Bundan tashqari, talaba Jahon Banki tomonidan onlayn ravishda tashkil etilgan World Bank Group Youth Summit 2021: Resilient Recovery for People and Planet tadbirida faol ishtirok etgan. Shu bilan bir qatorda talaba Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan otkazilgan barqaror moliya va rivojlanish mavzusidagi 4 nafar onlayn kursini bitirgan.
2020-yil talaba Bank ishi kafedrasi dotsenti Davirova Sh.Sh. boshchiligida "Pay Bank" mobil ilovasini yaratishdi va Intellektual Mulk agentligi tomonidan rasmiy guvohnoma sohibiga aylanishdi.