1-sonli talabalar turar joyi
1-sonli talabalar turar joyi

Toshkent moliya institutiga qarashli 

1-sonli talabalar turar joyi haqida ma’lumot

 

Toshkent moliya institutiga qarashli 1-sonli talabalar turar joyi Olmazor tumani, A.Xidoyatov ko`chasi, 4-proyezdda joylashgan. Ushbu talabalar turar joyi 4-qavatdan iborat bo`lib,  235 o`ringa mo`ljallangan, har qavatda 2 va 3 kishi yashashi mumkin bo`lgan xonalari bor. Har bir qavatda dam olish xonalari, ovqatlanish xonalari, kir yuvish xonalari, yuvinish xonalari zamon talablari darajasida jihozlangan. Talabalarni sog`lom va baquvvat bo`lishlari va shug`ullanishlari uchun  sport zal turli xil sport anjomlari bilan jihozlangan. Talabalarni sog`lig`i uchun tibbiyot xonasi faoliyati yo`lga qo`yilgan. Talaba-yoshlar yurtimizda va jahonda bo`layotgan voqea hamda hodisalardan xabordor bo`lishlari uchun  11 turdagi gazeta va jurnallarning oxirgi sonlari bilan ta’minlangan. Talabalar turar joyida kutubxona faoliyat yuritadi. Kechayu kunduz professor-o`qituvchilar va ishchi-xodimlar tomonidan navbatchilik yo`lga qo`yilgan.

1-sonli talabalar turar joyidan fotolavhalar

 

Success helper
Success warning