2-talabalar turar joyi
2-talabalar turar joyi

Toshkent moliya institutiga qarashli

 2-sonli talabalar turar joyi haqida ma’lumot

 

     Toshkent moliya institutiga qarashli 2-sonli talabalar turar joyi Olmazor tumani, Chimboy ko`chasi, 2-proyezdda joylashgan,  4-qavatli,  175 o`ringa mo`ljallangan, har qavatda 2 va 3 kishi yashashi mumkin bo`lgan xonalari bor. Har bir qavatda dam olish xonalari, ovqatlanish xonalari, kir yuvish xonalari, yuvinish xonalari zamon talablari darajasida jihozlangan. Talabalarni sog`lom va baquvvat bo`lishlari va shug`ullanishlari uchun  sport zal turli xil sport anjomlari bilan jihozlangan. Talabalarni sog`lig`i uchun tibbiyot xonasi faoliyati yo`lga qo`yilgan. Talaba-yoshlar yurtimizda va jahonda bo`layotgan voqea hamda hodisalardan xabordor bo`lishlari uchun 11 turdagi gazeta va jurnallarning  oxirgi sonlari bilan ta’minlangan. Talabalar turar joyida kutubxona faoliyat  yuritadi. Kechayu kunduz professor-o`qituvchilar va ishchi-xodimlar tomonidan navbatchilik yo`lga qo`yilgan.

2-sonli talabalar turar joyidan fotolavhalar

 

Success helper
Success warning