Bugun, 22-sentabr kuni Toshkent moliya institutida “Yangi hayot uchun yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida hamda yangi 2023-2024 o‘quv yili boshlangani munosabati bilan “Ota-onalar kongressi” tashkil etildi.
Kongress avvalida mehmon sifatiga taklif etilgan ota-onalar institut faoliyati, xususan, taʼlim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, institut hovlisida "Ota-onalar" bog‘i uchun ilk ko‘chatlar o‘tqazildi. Shundan so‘ng, “Ota-onalar kongressi”ning asosiy qismiga boshlandi.
Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni institut rektori T.Teshabayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Rektor tadbirda ishtirok etayotgan ota-onalarni, avvalo, farzandlarining talabalik baxtiga erishganliklari bilan samimiy qutladi hamda institutdagi taʼlim va tarbiya jarayonlari ota-onalar bilan doimiy hamkorlik va hamjihatlikda olib borilishini taʼkidlab o‘tdi.
Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan ota-onalar farzandini mamlakatimizdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biriga o‘qishga kirganidan xursandligini bildirdi hamda farzandlarining kasbiy bilimlarni egallashda tahsil beradigan professor-o‘qituvchilarning zahmatli faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad - farzandlari Toshkent moliya institutiga o‘qishga kirgan ota-onalarga institutdagi zamonaviy taʼlim jarayonlari, institut faoliyati bilan tanishtirish, o‘quv xonalarining moddiy-texnik bazalari, axborot-resurs markazlari faoliyati, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli, taʼlim jarayonidan keyingi vaqtlarini unumli o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqda maʼlumot berish va ularning fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashish hisoblanadi.
Tadbir so‘ngida mehmonlar uchun bayramona dasturxon yozildi.
Joriy yilning 19-sentabr kuni Toshkent moliya instituti Byudjet hisobi va g'aznachilik fakulteti "O'zbek va rus tillari" kafedrasi tomonidan iqtidorli talabalar o‘rtasida "O'zbek tili- qalbim tarjimoni" nomli insholar ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi bo'lib o'tdi.
Mazkur tanlovda institut talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi. Eng yaxshi deb topilgan insholar keyingi bosqichga tavsiya etildi.
Joriy yilning 20-sentabrda Toshkent moliya instituti, Ilmiy -tadqiqotlar,innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan doktorantlar, tayanch doktorantlari “Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish tartib-qoidalari” va “antiplagiat va uni bartaraf etish yo‘llari” mavzularida master-klass tashkil etildi.
Ushbu master-klassdan ko‘zlangan maqsad – doktorantlarning dissertatsiya ishlari doirasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, tajribalar o‘tkazib, olingan natijalarga ishlov berish va tahlil qilish hamda plagiat va uni bartaraf etgan holda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish va himoyaga tayyorlashda yordam berishga mo‘ljallangan.
2023-yil 11-noyabr kuni Toshkent moliya institutida “O‘zbekistonda xalqaro moliya munosabatlarini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyada xorijiy va mahalliy ilmiy xodimlar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari, amaliyotchi mutaxassislar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, magistratura talabalari o‘zlarining ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etish uchun taklif etiladilar.
Axborot xati PDF