Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi professori, i.f.d. D, Tojiboyevaning  “Institutsional iqtisodiyot” darsligi nashr etildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi professori, i.f.d. D, Tojiboyevaning  “Institutsional iqtisodiyot” darsligi nashr etildi

Darslik institutsionalizmning kelib chiqishidan boshlab hozirgi kundagi iqtisodiyot nazariyasining nufuzli oqimlaridan biriga aylangan hamda alohida fan sifatida shakllanib ulgurgan institutsional qarashlarning asosiy yo‘nalishlarini qamrab olgan mavzular bo‘yicha yozilgan. Iqtisodiy fanlarni qaror qabul qilishga o‘rgatuvchi fanlar ekanligi va institutsional iqtisodiyot esa bu borada yetakchilik qilishi nuqtayi nazaridan yondashilgan.

 

Darslikda oliy ta’lim tizimida yaratilayotgan o‘quv adabiyotlariga  qo‘yilayotgan talablardan kelib chiqib, barcha mavzularda iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan hamda xalqaro miqyosda tan olingan taniqli iqtisodchilar  asarlari, maqolalaridan, shuningdek, muallifning ilmiy izlanishlaridan  keng  foydalanilgan hamda kelgusida iqtisodchi mutaxassislar oldida  ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishning ustuvor muammolari, yo‘nalishlari, O‘zbekistonning institutsional tuzilishi, matritsasining o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatishga  diqqat qaratilgan.

 

Darslik talabalar, magistrlar, doktorantlar va professor- o‘qituvchilar hamda neoinstitutsional nazariyaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

15:00 / 2024-03-03
Success helper
Success warning