Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi professori, i.f.d. D, Tojiboyevaning “Institutsional iqtisodiyot” darsligi nashr etildi
Darslik institutsionalizmning kelib chiqishidan boshlab hozirgi kundagi iqtisodiyot nazariyasining nufuzli oqimlaridan biriga aylangan hamda alohida fan sifatida shakllanib ulgurgan institutsional qarashlarning asosiy yo‘nalishlarini qamrab olgan mavzular bo‘yicha yozilgan. Iqtisodiy fanlarni qaror qabul qilishga o‘rgatuvchi fanlar ekanligi va institutsional iqtisodiyot esa bu borada yetakchilik qilishi nuqtayi nazaridan yondashilgan.
Darslikda oliy ta’lim tizimida yaratilayotgan o‘quv adabiyotlariga qo‘yilayotgan talablardan kelib chiqib, barcha mavzularda iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan hamda xalqaro miqyosda tan olingan taniqli iqtisodchilar asarlari, maqolalaridan, shuningdek, muallifning ilmiy izlanishlaridan keng foydalanilgan hamda kelgusida iqtisodchi mutaxassislar oldida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishning ustuvor muammolari, yo‘nalishlari, O‘zbekistonning institutsional tuzilishi, matritsasining o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatishga diqqat qaratilgan.
Darslik talabalar, magistrlar, doktorantlar va professor- o‘qituvchilar hamda neoinstitutsional nazariyaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.