“Jismoniy tarbiya va sport” nomli elektron darslik ishlab chiqildi

“Jismoniy tarbiya va sport” nomli elektron darslik ishlab chiqildi

 

“Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi  dotsenti F.Karimov tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport” nomli elektron darslik ishlab chiqildi.

 

Ushbu elektron darslik respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Ushbu elektron darslikning dolzarbligi shundaki, bugungi kunda oliy to‘lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport fani bo‘yicha elektron darsliklar kamligi hamda XXI asr axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bir paytda  talaba-yoshlarimizning nazariy bilim-ko‘nikmalarini yanada boyitadi.

 

Ushbu elektron darslikda “Yengil atletika”, “Sport o‘yinlari”, “Gimnastika” hamda “Suzish” sport turlari bo‘yicha modullar o‘z aksini topgan bo‘lib, qo‘shimcha glossariy apparatning eng muhim elementlari: lug‘at, taqdimotlar, testlar, mustaqil ish uchun materiallar ochib berilgan. Talaba-yoshlarga ushbu elektron darslikdan foydalanish jarayonida olingan bilim, malaka va ko‘nikmalar kelajakdagi kasbiy faoliyati davomida foydalanishi mumkin.

12:05 / 2024-02-03
Success helper
Success warning