"O‘zbekiston tarixi" fanidan o’zbek tilidagi elektron darslik
Toshkent moliya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi faxriy dotsenti S.Burxonova tomonidan tayyorlangan «O‘zbekiston tarixi» fanidan o‘zbek tilidagi elektron darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan va ma’qullangan namunaviy o‘quv dasturi talablariga to‘la mos keladi. Mazkur elektron darslikni yaratishining dolzarbligi shundan iboratki, oliy o‘quv yurtlarida bugungi kunda foydalanayotgan o‘quv adabiyotlarini yanada boyitish, ularni respublikamizda va jahonda ro‘y berayotgan ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy va g‘oyaviy o‘zgarishlar bilan to‘ldirishni taqozo etmoqda. Bu esa hozirgi zamon talablariga javob beradigan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklarning yangi avlodini yaratish dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini ko‘rsatmoqda. Elektron darslik oliy ta’lim muassasalari “O‘zbekiston tarixi” fani professor-o‘qituvchilari va bakalavriat bosqichi barcha yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan.