Toshkent moliya institutining “Menejment va marketing” kafedrasi professori Hamdamova Gavhar Absamatovna “Marketing” fanidan darslik nashr etdi

Toshkent moliya institutining “Menejment va marketing” kafedrasi professori Hamdamova Gavhar Absamatovna “Marketing” fanidan darslik nashr etdi

 

Toshkent moliya institutining “Menejment va marketing” kafedrasi professori Hamdamova Gavhar Absamatovna Marketing” fanidan darslik nashr etdi.
 

Darslik menejment yo'nalishi bo‘yicha (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavrlarni tayyorlash uchun mo'ljallangan va zamonaviy bozor mexanizmining talablariga asoslanadi.
 

 Darslikning asosiy maqsadi talabalarga korxona marketing asoslarini chuqur organishda yordam berishdir. Darslik mantiqiy ravishda tuzilgan va “Marketing” fanini organish uchun oquv materiallarining butun spektrini qamrab oladi. Darslik marketing va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari, marketing tamoyillari, vazifalari, funktsiyalari va turlari, marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash, marketing tuzilishi va uni boshqarishni tashkil etish, marketing dasturi, marketing muhiti, marketingda strategik va taktik rejalashtirish, marketing nazorati, marketing tadqiqotlari, bozor segmentatsiyasi va xaridorlarning turlari, raqobatbardosh marketingda strategiya, tovar va tovar siyosati, marketingda narx va narx siyosati, marketingda savdo siyosati, marketingda aloqa siyosati, togridan-togri (direct) marketing, xizmat marketingi, raqamli marketing, marketingda axloq va ijtimoiy javobgarlik va global marketing.



 

Darslik ma’ruzalar kursi, nazorat savollari, o‘z-o‘zini tekshirish testlari, keyslar, topshiriqlar, lug‘at va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
 

Darslik talabalarning mustaqil ishlashi, shuningdek o‘qituvchilarga ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda yordam berish uchun mo‘ljallangan.

 

09:00 / 2024-01-16
Success helper
Success warning