“Jismoniy tarbiya va sport” nomli rus tilidagi elektron darslik ishlab chiqildi
“Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi mudiri, dotsent F.Tashpulatov tomonidan tayyorlangan “Jismoniy tarbiya va sport” nomli rus tilidagi elektron darslik ishlab chiqildi.
Ushbu elektron darslik Respublikamizning barcha Oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Ushbu rus tilidagi elektron darslikning dolzarbligi shundaki, bugungi kunda Oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport fani bo‘yicha rus tilida elektron darsliklar kamligi hamda XXI asr axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bir paytda talaba-yoshlarimizning nazariy bilim ko‘nikmalarini yanada boy etadi. Ushbu elektron darslikda “Yengil atletika”, “Sport o‘yinlari”, “Gimnastika” kabi modullar o‘z aksini topgan bo‘lib, qo‘shimcha glossariy apparatning eng muhim elementlari: lug‘at, taqdimotlar, testlar, mustaqil ish uchun materiallar ochib berilgan. Talabalarga ushbu rus tilidagi elektron darslikdan foydalanish jarayonida olingan bilim, malaka va ko‘nikmalar kelajakdagi kasbiy faoliyati davomida foydalanishi mumkin.