"LE FRANÇAIS POUR LES ÉTUDIANTS" nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etildi

"LE FRANÇAIS POUR LES ÉTUDIANTS" nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etildi

 

Toshkent moliya instituti Toshkent moliya instituti "Xorijiy tillar" kafedrasi katta o'qituvchisi Akbayeva X. B. ning "LE FRANÇAIS POUR LES ÉTUDIANTS" nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.


Ushbu qo’llanma Oliy ta’lim muassasalarida iqtisod yo’nalishi bo’yicha ta’lim oluvchi talabalar bilan ishlash uchun mo'ljallangan. Qo'llanma professional yo'nalishga ega bo'lib, bunda fransuz tilining barcha til faoliyatlarini (og’zaki nutq, tinglab tushunish, yozish va o’qish) muomala vositasi sifatida egallashga va uni keyingi kasbiy faoliyatda qo’llay olish imkoniyatini yaratishga qaratilgan. Ushbu qo’llanma fransuz tilini o'rganayotgan talabalar uchun qiziqarli va foydalidir. Qo'llanmaning maqsadi talabalarga fransuz tilini kasbiy faoliyatida ishlatish, ixtisoslashtirilgan adabiyotlar va mustaqil ta'lim bilan shug'ullanish ko'nikmalariga ega bo'lishdir. Qo'llanma xorijiy tillardagi oliy o'quv yurtlari uchun Chet tili dasturining talablariga muvofiq og'zaki nutq ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan professional yo'naltirilgan matnlar va mashqlarni taqdim etadi.

09:10 / 2023-12-20
Success helper
Success warning