“УПРАВЛЕНИЕ ГОСУДАРСТВЕННЫМИ ФИНАНСАМИ” INNOVATSION WEB-DARSLIGI TAYYORLANDI

“УПРАВЛЕНИЕ ГОСУДАРСТВЕННЫМИ ФИНАНСАМИ” INNOVATSION WEB-DARSLIGI TAYYORLANDI

«Moliya» kafedrasi professor-oʼqituvchilari professor Jiyanova Nargiza Esanboevna va dotsent v.b. Isaev Xusan Mansurovich tomonidan elektron darslikning yangi modernizatsiyalashgan shakli boʼlgan «Upravlenie gosudarstvennыmi finansami» nomli rus tilida innovatsion web-darslik tayyorlandi.

Innovatsion web-darslik 70410401 – “Davlat moliyasi va halqaro moliya” magistratura mutaxassisligi talabalari uchun moʼljallangan boʼlib, fanning oʼquv rejalari, fan dasturi va sillabusga muvofiq ravishda tayorlangan. «Управление государственными финансами» innovatsion web-darsligi qolgan elektron darsliklardan ustunliklari - moslashuvchanlik, qurilma tanlamaslik, yaʼni android, IOS, Windows, MacOS, Linux operatsion tizimlarda ishlay oladi, uyali aloqa vosita, planshet, noutbuk, smart TV, avto Monitor va boshqa har qanday internet tarmogʼiga ulana oluvchi qurilmada va uni ekraniga moslashib koʼrinadi.

«Управление государственными финансами» innovatsion web-darslikda davlat moliyasini boshqarishning ilmiy va huquqiy asoslari: funktsiyalari va tashkil etishning xususiyatlari, iqtisodiyotni davlat tomonidan moliyaviy tartibga solish masalalari, davlat-xususiy sherikchilik asoslari, davlat ulushi mavjud boʼlgan korhonalar moliyaviy resurslarini boshqarish: shakllanishi va foydalanilishi, Oʼzbekiston byudjet tuzilmasi va byudjet jarayonini tashkil etishdagi dolzarb vazifalar, Respublika va mahalliy byudjet daromadlari barqarorligini taʼminlash masalalari va boshqa mavzular yuzasidan nazariy va amaliy jihatlari keltirib oʼtilgan.

Innovatsion web-darslikda bilimlarni mustahkam egallash uchun maʼruza mantlari, taqdimotlar, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari, keyslar, testlar va video maʼruzalarni oʼz ichiga jamlab olib, talabaning yonida hohlagan joyida hohlagan vaqtida fanga taʼluqli boʼlgan maʼlumotni, bilimni oʼzlashtirishiga yordam beradi.

 «Управление государственными финансами» innovatsion web-darsligi davlat moliyasini boshqarish sohasida zarur bilim va koʼnikmalarga ega boʼlgan zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

22:00 / 2023-12-19
Success helper
Success warning