«Аудит финансовой отчетности» nomli elektron darslik tayyorlandi
Toshkent moliya institutining “Audit” kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.S.Xojiyev va I.R.Avazovning «Аудит финансовой отчетности» fanidan elektron darsligi nashr etildi.
Elektron darslik 70410101-Buxgalteriya hisobi va 70410102-Audit magistratura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan va zamonaviy mehnat bozorining talablariga asoslanadi. Elektron darslik mantiqan tuzilgan va “Audit finansovoy otchetnosti” fanini o‘rganish uchun o‘quv materiallarining butun spektrini qamrab oladi.
Darslik moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uning asosiy tamoyillari, moliyaviy hisobot auditini o‘tkazish usullari, xo‘jalik subyektlari hisobotining auditi, buxgalteriya balansi moddalari va buxgalteriya hisobi registrlari mosligi nazorati, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot auditi, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot auditi, xususiy kapital ko‘rsatkichlari hisoboti auditi, moliyaviy ko‘rsatkichlarga auditorlik xulosalar kabi mavzularga bag‘ishlangan.
Elektron darslik ma’ruzalar kursi, nazorat savollari, o‘z-o‘zini tekshirish testlari, glossariy va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Elektron darslik talabalarning mustaqil ishlashi, shuningdek, o‘qituvchilarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda yordam berish uchun mo‘ljallangan.