“Pul muomalasi va kredit” nomli o‘quv qo‘llanma chop qilindi
“Bank hisobi va audit” kafedrasi o‘qituvchisi Umida G‘aniyevaning “Pul muomalasi va kredit” nomli o‘quv qo‘llanmasi chop qilindi.
O‘quv qo‘llanma O‘zbekistonda uzluksiz ta’limning davlat ta’lim standartlari qoidalariga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, ta’limning “Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq” bilim sohasi bo‘yicha “Pul muomalasi va kredit” fanining namunaviy dasturidagi bo‘limlarini qamrab olgan.
O‘quv qo‘llanmada pul muomalasi va kreditning vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuv jarayonining nazariy jihatlari, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning tashkil topishi, vazifa va maqsadlari qisqa, aniq va ravon tilda bayon qilingan.
Qo‘llanmada O‘zbekiston pul va bank tizimining tashkil etilishi va o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, mamlakatimizning xalqaro moliyaviy institutlar bilan amalga oshirilayotgan o‘zaro iqtisodiy hamkorlik masalalariga alohida e’tibor berilgan.