Texnikumlar faoliyatini samarali yuritishda hamkorlik aloqalari

Texnikumlar faoliyatini samarali yuritishda hamkorlik aloqalari

   Institut rektori To'lqin Teshabayev Marg‘ilon bank-moliya texnikumida pedagog-xodimlar va o’quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minot bilan bog‘liq mavjud muammolar va ularni yechimlariga qaratildi.

  Bugungi kunda “Bank ishi”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Moliya”, “Soliq va soliqqa tortish”, “Marketing” yo’nalishlari bo’yicha davlat granti va to’lov kontarkti asosida o’qishga jalb etilgan o’quvchilar ikki yillik o’quv jarayonida ishtirok etgach Toshkent moliya institutining 2-bosqich talabalari safiga suxbat asosida qabul qilinishi belgilangan.

 

15:42 / 2021-02-07
Success helper
Success warning