117-maktab hamkorligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish bo‘yicha joriy yil 30-oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi bayoniga muvofiq endilikda oliy ta'lim muassasalari xalq ta'limi muassasalari bilan hamkorlik qiladi.
Toshkent moliya instituti ham Yunusobod tumanida joylashgan ko’p sonli umumta'lim maktablari bilan ta'lim sifati va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, metodik qo‘llab-quvvatlash hamda bitiruvchi o‘quvchilarni oliygohlarga yo‘naltirish maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Hamkorlikni davom ettirgan holda bugungi manzil tumanda joylashgan 117-maktabga bo’ldi. Institut rektori To‘lqin Teshaboev boshchiligida o’tkazilgan tadbir davomida o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan samimiy suxbatlashildi va maktab direktori Sumbula Almanova bilan hamkorlik doirasida “Yo’l xaritasi” imzolandi.