Ilm ahli “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” targ’ibot tadbirlarida
Toshkent Moliya institutining bir qator professor-olimlari Toshkent shahar va Toshkent viloyatida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarda ishtirok etmoqdalar.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka “Mahallabay” yetkazish targ‘ibot tadbirlari poytaxtimizning Shayxontohur va Uchtepa tumanlarida hamda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanining Suvti, Tortuvli, Boyguli, Xonabo, X.Olimjon, Jag‘olboyli va tumanning boshqa Mahalla fuqarolar yeg’inlarida o’tkazilmoqda.
Jamoamiz a’zolari o‘zlariga biriktirilgan mahallalarga tashriflari davomida mahalla raisi bilan birgalikda mahalladagi ijtimoiy vaziyatni, aholi soni, ijtimoiy tarkibi - ayollar, erkaklar, voyaga yetmaganlar, kam daromadli, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, notinch oilalar, jinoyat sodir etgan, diniy ekstremizm ta’siridagi oilalar haqida ma’lumotlarga ega bo’lib, mavjud muammolarni bartaraf etish takliflari bilan mas’ullar bilan birgalikda faoliyat olib bormoqdalar.
Tadbir tashkilotchilari va mutasaddilari sifatida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash instituti a’zolari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi faollari, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, estrada xonandalari hamda teatr aktyorlari ham ishtirok etmoqdalar.