G’aznachilik tizimini takomillashtirish muammolari

G’aznachilik tizimini takomillashtirish muammolari

    30 yanvar kuni “Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi tomonidan “Zamonaviy sharoitda byudjet tizimini boshqarish islohotlari va g’aznachilik mexanizmini takomillashtirish” mavzusida ilmiy seminar o’tkazildi.

 

    Ilmiy seminarda Byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti dekani R.Saidov, “Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi mudiri I.Qo’ziev, kafedra professor o’qituvchilari, kafedra qoshida tashkil etilgan “BYUDJET NAZORATCHISI” va “YOSH G’AZNACHI” ilmiy to’garagi a’zolari hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o’quv markazi direktori birinchi o’rinbosari, iqtisod fanlari doktori prof. D.X.Pulatov ishtirok etdilar. Ilmiy seminarda soliq-byudjet siyosatiga strategik yondoshuvni tatbiq etish maqsadida o’rta muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning yangi “Natijaga yo’naltirilgan byudjet” tizimini joriy etilishida g’aznachilik tizimi faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama etildi.

 

22:09 / 2020-02-02
Success helper
Success warning