2-sonli talabalar yotoqxonasida “Yoshlar o‘rtasida nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati” mavzusida davra suhbati

2-sonli talabalar yotoqxonasida “Yoshlar o‘rtasida nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati” mavzusida davra suhbati

“Chet tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2019-yil 28-may kuni 2-sonli talabalar yotoqxonasida Yoshlar o‘rtasida nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida kafedra o‘qituvchilari R.Azimbaeva, M.Bozorova, D.Nigmatovalar oila-muqaddas go‘sha ekanligi, Vatan ichra mo‘jaz vatan bo‘lib, erkak va ayolning bir biriga juda yuksak ishonchi va xurmati barqaror oilani mustahkam qo‘rg’on ekanligini aytib o‘tdilar. Lekin ba’zi oilalar kelin tushirayotganda yoki qiz uzatayotganda yigit yoki qizning tag-tugi, nasl-nasabiyu salomatligi, oila qurishga nechog‘li tayyor ekanligiga ahamiyat qaratmay, sep-sidirg‘asi, quda bo‘lmishlarning hashamdor hovlisiyu qo‘sha-qo‘sha mashinalariga mahliyo bo‘lishayotganligiga urgu berib o‘tdilar.

Tadbir soʻngida talabalar oʻzlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

 

17:46 / 2019-05-30
Success helper
Success warning