Byudjet hisobi va g’aznachilik fakultetida “OTA-ONALAR KUNI”

Byudjet hisobi va g’aznachilik fakultetida “OTA-ONALAR KUNI”

 Toshkent moliya institutining Byudjet hisobi va g’aznachilik fakultetida “OTA-ONALAR KUNI” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor i.f.n., dots. J.Karimqulov, fakultet dekani i.f.n., dots. U.Ortiqov, institut murabbiylar kengashi raisi U.Rajabov, institut professor o‘qituvchilari, fakultetning akademguruh murabbiylari hamda fakultet talabalarining ota-onalari va talaba yoshlar ishtirok etdilar.

 

 “OTA-ONALAR KUNI” tadbirini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad shuki, tashrif buyurgan mehmon ota-onalarga institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, hozirgi kunda institut faoliyatida erishilgan yutuqlar va vazifalar haqida hamda dars mashg‘ulotlari va talabalarning o’zlashtirish ko’rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish, shuningdek, ota-onalar va institut o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdir.

 

 Tadbir davomida fakultetning faol talaba yoshlari tomonidan Ota-onaga mehr-oqibat ko’rsatishni targ’ib etuvchi sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

 

 Tadbir so‘ngida yuksak ma’naviy fazilatlari, tashkilotchiligi, o‘quv fanlarni o‘zlashtirishdagi ma’suliyatli yondashuvi hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun bir qator talaba-yoshlarning ota-onalari institut rektorining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar. Tadbir yuqori saviya va ma’naviy ruhda o’tkazildi.

 

17:11 / 2019-10-22
Success helper
Success warning