BELORUS MILLIY FANLAR AKADEMIYASIDA ILM, FAN VA TA’LIM SOHASIDAGI INTEGRATSIYA
Belorussiya va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasidagi ilm, fan va ta’lim sohasidagi yo‘l xaritasining amaliy ifodasi sifatida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash a’zolaridan iborat delegatsiyasi Belorus Milliy Fanlar Akademiyasi Prezidiumi tomonidan qabul qilindi.
BMFA bosh ilmiy kotibi Ivanets Andrey Ivanovich tadbirda hamkorlikning yangi tuzilmasi haqida so‘z yuritib, olimlarning vazifasi nafaqat mavjud faktlar va jarayonlarga nazariy baho berish, balki mavjud muammolarni bartaraf etish qurollarini yaratish lozimligi haqida so‘zladi.
Shu bilan birgalikda BMFA gumanitar bo‘limi vitse prezidenti, akademik Kovalen Aleksandr Aleksandrovich 1966-yil ro‘y bergan Toshkent zilzilasidan so‘ng 2 ming belorus xalqi shaharni tiklashda ishtirok etgani va bu jarayonlarda uning ham xissasi qo‘shilganligi xaqida ta’kidladi. Kovalen A.A. O‘zbekistonga ikkinchi jahon urushi mobaynida 237 ming belorus farzandlari jo‘natilganligini va O‘zbek millati ularni o‘z farzandlari kabi qabul qilinganliklari haqida so‘zladi.
Ilm, fan va ta’lim sohasidagi integratsiyani amalga oshirish maqsadi ko‘zlangan mazkur tadbir so‘ngida istiqbolli rejalar masalasida aniq vazifalarni belgilash haqida muzokaralar olib borildi.