“Eng faol bitiruvchi”ga Rektor stipendiyasi

“Eng faol bitiruvchi”ga Rektor stipendiyasi

Bugun mamlakatimizdagi barcha maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayev va institut prorektorlari, fakultetlar dekanlari hamda ularning muovinlari Yunusobod tumanida joylashgan, institut tasarrufidagi 6 ta maktab tadbirlarida bevosita ishtirok etdilar.

 

Institut vakillari bitiruvchilarga katta hayotga “Oq yo‘l” tilab, maktab ma’muriyatiga esdalik sovg’alari – komyuter texnikalarini topshirdilar. Shuning barobarida, yangi 2020-2021 o’quv yilidan boshlab institut tasarrufidagi har bir maktabning “Eng faol bitiruvchi”siga Toshkent moliya instituti “Rektor stipendiyasi” ta’sis etilishi belgilab olindi.

 

Bu yil 500 mingga yaqin o‘quvchilar maktabni tamomlaydilar. Ularning keyingi qadamlari mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 137 ta oliy o‘quv yurtlari, 339 ta kasb-hunar maktablari, 193 ta kollej va 196 ta texnikumlar tomon bo’ladi. Quvonarli jihati, bugungi kunga kelib yoshlarimiz oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishda fanlar bloki bir xil bo’lgan cheklanmagan tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatiga egalar.

 

Toshkent moliya instituti jamoasi bitiruvchi yoshlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan samimiy muborakbod etib, kelgusida rejalashtirgan maqsadlari ro’yobini tilaydilar!

 

 

11:43 / 2021-05-25
Success helper
Success warning