“Yangi bank maxsulotlari va ularni yetkazish kanallari”

“Yangi bank maxsulotlari va ularni yetkazish kanallari”

    «Bank ishi» kafedrasi tomonidan bank tizimida kechayotgan jarayonlar haqida ma’lumot berish, sohaga oid amaliy bilimlarini oshirish maqsadida sohada o‘z o‘rniga ega, yetakchi mutaxassislar institutga taklif etiladi. 2021-yil 24-fevral kuni O‘zsanoatqurilishbanki Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Tavakkalov tomonidan “Yangi bank maxsulotlari va ularni yetkazish kanallari” mavzusida master-klass o‘tkazildi. Ma’ruzada bank tizimida yuz berayotgan jarayonlar, kredit kartalarini muomalaga chiqarish zarurati va muddatlari, banklararo raqobatda innovatsion yechimlarning o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida gapirib o‘tildi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar qiziqarli ma’ruza tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 

11:41 / 2021-02-25
Success helper
Success warning